ISHON
O'zbekistonning ishonchli ish platformasi

Ish toping.Ishchi toping.I.SH.O.N bilan.

Ish va ishchilar tarmog'i I.SH.O.N bilan โ€” ishonchli, tez va qulay.

85K+

Foydalanuvchi

12K+

Ish e'loni

4.9โ˜…

Reyting

I.SH.O.N ekotizimi

To'liq yechim โ€” bir platformada. Ish topishdan tortib sug'urta va ta'limgacha.

Qanday ishlaydi?

4 qadamda ish toping yoki xodim jalb qiling

01

Ro'yxatdan o'ting

Telefon raqam yoki email bilan 1 daqiqada

02

Ish toping yoki joylashtiring

Minglab vakansiyalar orasidan o'zingizga mosini tanlang

03

Kelishing

Chatda kelishib, ikki tomon rozi bo'lib shartnoma tuzing

04

ISHON Pay orqali oling

Ish haqi xavfsiz va tez to'lanadi

Biz haqimizda

I.SH.O.N โ€” O'zbekistonning ishonchli ish va ishchi topish platformasi

I.SH.O.N โ€” buyurtmachi va ijrochini yagona, ishonchli raqamli makonda birlashtiradigan zamonaviy platforma. Buyurtmani joylashtirishdan tortib, elektron bitimni tuzish, ish jarayonini qayd etish va haqni xavfsiz to'lashgacha โ€” har bir bosqich shaffof, tartibli va izchil amalga oshadi.

I.SH.O.N mehnatga qulaylik, hamkorlikka ishonch, natijaga esa adolat olib kiradi.

Ish. Ishonch. Mehnat.

Rasman ro'yxatdan o'tgan

O'zbekiston qonunchiligi asosida faoliyat yurituvchi platforma

MyID orqali xavfsizlik

Har bir foydalanuvchi davlat elektron identifikatsiya tizimi orqali tasdiqlanadi

Ishonchli hamkorlik

85 000+ foydalanuvchi tomonidan tanlangan platforma

Butun O'zbekiston bo'ylab

Toshkentdan Farg'onagacha โ€” barcha viloyatlarda faoliyat

Foydalanuvchilar aytadi

12 000+ baholash asosida

"I.SH.O.N orqali 3 kunda ish topdim. Ariza berish, shartnoma tuzish va ish haqini olish โ€” barchasi juda tez va shaffof bo'ldi."

J

Jasur Toshmatov

Frontend dasturchi

"Kompaniyamiz uchun 5 ta xodim topdik. Sifatli kandedatlar, tez va ishonchli xizmat."

M

Malika Yusupova

HR menejer

"ISHON Pay orqali xodimlarimizga ish haqi to'lash juda qulay. Hech qanday muammo yo'q."

B

Bobur Rahimov

Restoran egasi

Ko'p so'raladigan savollar

Savollaringiz bormi?

Eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar

Umumiy

I.SH.O.N nima?
I.SH.O.N โ€” Buyurtmachi va Ijrochini ishonchli tartibda bog'laydigan raqamli platforma.
Platformadan kimlar foydalanishi mumkin?
Buyurtma berish uchun jismoniy shaxslar, ish yoki xizmat bajarish uchun esa o'zini o'zi band qilgan shaxslar va YaTTlar foydalanishi mumkin.
Qanday ro'yxatdan o'taman?
Telefon raqamingizni tasdiqlang, shaxsni tasdiqlash bosqichidan o'ting va o'zingizga kerakli rejimni tanlang.
Bir vaqtning o'zida Buyurtmachi ham, Ijrochi ham bo'la olamanmi?
Ha. Kabinetingiz orqali ikkinchi rejimni belgilangan tartibda faollashtirishingiz mumkin.

Buyurtma va ish jarayoni

Qanday buyurtma joylashtiriladi?
Ish yoki xizmat tavsifi, manzil, muddat, narx va kerakli shartlarni kiriting. So'ng buyurtmani e'lon qiling.
Ijrochini qanday tanlayman?
Takliflar, profil ma'lumotlari, reyting va avvalgi baholar bilan tanishib, sizga mos Ijrochini tanlaysiz.
Narxni kim belgilaydi?
Narx Buyurtmachi va Ijrochi o'rtasidagi kelishuv asosida belgilanadi. U ish turi, hajmi va shartlariga qarab aniqlanadi.
Bitim nima uchun kerak?
Elektron Bitim taraflarning kelishuvi, ish mazmuni, narxi, muddati va muhim shartlarini qayd etadi.
Ish bajarilgani qanday tasdiqlanadi?
Ish tugagach, taraflar Buyurtma Akti orqali natijani tasdiqlaydilar.

To'lov va xavfsizlik

To'lov qanday amalga oshiriladi?
To'lov platformadagi belgilangan elektron hisob-kitob tartibida amalga oshiriladi. Barcha xizmat haqlari va ushlab qolinadigan summalar to'lovdan oldin ko'rsatiladi.
Ijrochi buyurtma manzilini qachon ko'radi?
Shaxsiy aloqa va aniq manzil ma'lumotlari faqat xavfsizlik talablari hamda buyurtma bosqichlariga muvofiq ochiladi.
Shaxsiy ma'lumotlarim xavfsizmi?
I.SH.O.N foydalanuvchi ma'lumotlarini qonunchilik va platforma maxfiylik qoidalariga muvofiq qayta ishlaydi hamda himoya qiladi.

Nizo va bekor qilish

Agar ish sifati yoki hajmi bo'yicha e'tirozim bo'lsa-chi?
Buyurtma bo'yicha nizo ochishingiz, sabab va mavjud dalillarni ilova qilishingiz mumkin.
Nizo ochilganda nima bo'ladi?
Platforma buyurtmaga oid Bitim, Akt, to'lov, yozishmalar va boshqa elektron qaydlarni jamlaydi. Zarur bo'lsa, yakuniy hisob-kitob vaqtincha to'xtatiladi.
Buyurtmani bekor qilish yoki pulni qaytarish mumkinmi?
Ha, buyurtmaning bajarilgan bosqichi va bekor qilish sababi hisobga olingan holda, belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi.
Bugun boshlang

Ishonchli kelajakshu yerdan boshlanadi

85 000+ foydalanuvchi allaqachon I.SH.O.N bilan ishlayapti.